“O‘zbekiston pochtasi” AJ va “O‘zbektelekom” AK “Bosh kommutatsiya markazi” filiali o‘rtasida kelishuv imzolandi. Bu haqda “O‘zbektelekom” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kelishuv “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘shimcha xizmat turlarini kengaytirish, respublikaning chekka hududlarida joylashgan aholining telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga yo‘naltirilgan.
Unga ko‘ra, yaqin kunlarda “O‘zbеkiston pochtasi” AJning respublika bo‘yicha joylashgan pochta aloqasi bog‘lamalari va bo‘limlarida “O‘zbektelekom” AK “Bosh Kommutatsiya Markazi” filialining Servisli telefon kartalari sotuvi tashkil etiladi.
Izoh (0)