2014-yilning 8—9-noyabr kunlari Moskva shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati.
Tadbir davomida 2014—2015-yillarda Rossiyaning ShHTdagi raisligining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tashkilot doirasida a’zo davlatlar hamkorligi hamda nizomiy organlarning shu yil bo‘lajak tadbirlariga, jumladan, 2014-yilning dekabr oyidagi ShHTning Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Izoh (0)