Futbol bo‘yicha 2014-yilgi jahon chempioni bo‘lgan Germaniya terma jamoasi a’zosi Kristof Kramer Bundesligada maydon markazidan turib avtogol muallifiga aylandi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Myonxengladbax “Borussiya”si yarim himoyachisi Dortmundning “Borussiya”siga qarshi kechgan o‘yinning 58-daqiqasida o‘z darvozasini ishg‘ol qildi.
Kramer maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va uni darvozabonga uzataman deb, avtogol muallifiga aylandi. Mazkur gol o‘yin taqdirini hal qildi: uchrashuv 1:0 hisobida Dortmund “Borussiya”si g‘alabasi bilan yakunlandi.
https://www.youtube.com/watch?v=UtLvmNA5GVM
Shu tariqa, Myonxengladbax “Borussiya”si turnir jadvalining uchinchi pog‘onasini band etdi.
Izoh (0)