O‘zbekiston chempionati 26-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Oliy liganing so‘nggi turi durang natijalar va irodali gollarga boy bo‘ldi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
“Paxtakor” klubi safarda “Bunyodkor”dan ikki to‘p farq bilan mag‘lubiyatga uchray turib, 3:2 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, “Navbahor” — “Dinamo” va “Nasaf” — “Olmaliq” uchrashuvlarida so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gollar evaziga bir xil — 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi. “Lokomotiv” — “Buxoro” uchrashuvida ham so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gol tufayli durang qayd etildi — 1:1.
Tur doirasidagi eng yirik natija Bekobodda qayd etildi. “Metallurg” o‘z maydonida “Mash’al”ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. “So‘g‘diyona” — “Qizilqum” va “Neftchi” — “Andijon” uchrashuvlarida mezbonlar 1:0 hisobida g‘olib bo‘ldi.
Oliy liga, 26-tur
- “Navbahor” — “Dinamo”: 2:2
- “Nasaf” — “Olmaliq”: 2:2
- “Metallurg” — “Mash’al”: 4:2
- “So‘g‘diyona” — “Qizilqum”: 1:0
- “Bunyodkor” — “Paxtakor”: 2:3
- “Neftchi” — “Andijon”: 1:0
- “Buxoro” — “Lokomotiv”: 1:1
Izoh (0)