AQSh Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi ishonch yo‘qotilishi aybi bilan yadro aviabazalarining ikki nafar rahbarini iste’foga chiqardi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Global zarbalar qo‘mondonligi matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, “Maynot” aviabazasi eskadrilyasi komandiri va “Uorren” aviabazasi komandiri o‘rinbosari iste’foga chiqarilgan.
“Maynot” komandiri podpolkovnik Jimmi Braun o‘z xodimlarini, jumladan ayollarni tahqirlashda ayblangan. Shuningdek, u uchuvchilarga kerakli sharoitlarni ta’minlay olmaganligi aytilgan.
Izoh (0)