Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi xalqaro aeroport hududiga joylashtirilgan va u yerda 12 yil davomida faoliyat yuritgan 170 nafar Fransiya harbiy xizmatchilari o‘z bazalarini tark etdi. Bu haqda Tojikistonning Asia-Plus nashri xabar bermoqda.
Dushanbe xalqaro aeroporti matbuot kotibi Mahmadyusuf Shodiyevning ma’lum qilishicha, avvalroq aeroportdan fransuz harbiylarining barcha texnika va qurilmalari chiqarib ketilgan.
Fransiya qo‘shini kontingenti yordamchi bo‘linma sifatida Dushanbe xalqaro aeroportiga 2001-yil sentabridan Afg‘onistonda ishga tushirilgan NATO qo‘shinlari kontingenti tarkibida joylashtirilgan edi.
Izoh (0)