“Qulay vaziyat” yuzaga kelsa, Finlyandiya Falastin davlatini tan olishga tayyor. Bu haqda Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Erkki Tuomioyya bayonotiga tayanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar berdi.
“Imkoniyat paydo bo‘lishi bilan Finlyandiyaning o‘zi bunday qadamni (Falastin davlatini tan olishni) amalga oshiradi”, — dedi u.
Finlyandiya TIV rahbarining fikricha, bunday qadam Yaqin Sharqda tinchlik jarayononi tezlashtirishi mumkin bo‘ladi. U ushbu masala bo‘yicha YeIning umumiy qarori bo‘lmagan taqdirda ham Finlyandiya Falastin davlatini tan olishi mumkinligini ta’kidladi.
Izoh (0)