Qozog‘istonda 2015-yil o‘rtalariga borib elektromobillarni seriyalab ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.
Narxi va nomi hozircha ma’lum qilinmagan elektromobillarning dastlabki namunalari 2014-yil dekabridayoq ishlab chiqariladi. “Aziya Avto” avtozavodi prezidenti Yerik Sagimbayevning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki nusxalar sotuv uchun emas, balki xaridorlar va davlat organlariga ko‘rsatish uchun chiqariladi. Sotuvga qo‘yish uchun seriyalab ishlab chiqarish esa mahsulotga bo‘lgan talab ko‘rilgach, taxminan 2015-yilning ikkinchi yarmida yo‘lga qo‘yiladi.
Avvalroq, Qozog‘iston Investitsiyalar va taraqqiyot vazirligi 2014-yil oxirigacha Ust-Kamenogorsk avtomobil yig‘ish zavodi konveyeridan 200 kilometr yurishga yetadigan zahira kuchiga ega elektromobillar chiqarilishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)