Norvegiya g‘arbidagi bir qancha hududlarda 10 dan ortiq uy kuchli sel keltirib chiqargan suv toshqini ostida qoldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Kuchli sel 11 ta uyni yuvib ketgan, 4 ta ko‘prik vayron bo‘lgan, mashinalarga ham katta zarar yetgan. Vestlann viloyatidagi yo‘l harakati, hatto temir yo‘l harakatlari ham to‘xtatib qo‘yilgan.
Flom aholi punktidan mustaqil ravishda chiqqanlarni hisobga olmaganda 143 nafar kishi, Aurland kommunasidan umumiy hisobda 250 kishi evakuatsiya qilindi.
Mahalliy OAV bu Norvegiyada so‘nggi 200 yil ichida bo‘lgan rekord darajadagi yog‘ingarchilik ekanligini qayd etgan.
Izoh (0)