O‘zbekiston Intellektual mulk qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 21-oktabr kuni “UMS” savdo belgisi uchun patent berilgan, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.
Agentlikning Savdo belgilari davlat ro‘yxatida ushbu brend “Uyut-Mebel-Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati nomiga MGU 26469 raqami bilan ro‘yxatga olingan.
Bu patent 2014-yil 1-dekabrdan ish boshlashi rejalashtirilayotgan “Universal Mobile Systems” mobil aloqa operatori brendiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)