Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti hududi kengaytirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Singapurning The Straits Times nashriga tayanib, Podrobno.uz xabar bermoqda.
Rejaga ko‘ra, qiymati besh million dollarni tashkil etadigan yangi o‘quv binosi qurilib, u ma’ruzalar uchun mo‘ljallangan eng zamonaviy qurilmalar bilan jihozlanadi. Institutda xorijiy OTMlari bilan onlayn-ma’ruzalar va vebinarlar o‘tkazish uchun kerakli sharoitlar yaratiladi.
Yangi o‘quv binosida 1500 talaba tahsil olish imkoniga ega bo‘ladi. Shu tariqa, mazkur oliy ta’lim muassasasi talabalari soni 75 foizga ko‘payadi.
Yangi bino qurilishi qachon boshlanishi va u qachon foydalanishga topshirilishi haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)