Odam savdosi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun qidirilayotgan O‘zbekiston fuqarosi Ural transport prokuraturasi tomonidan O‘zbekistonga topshirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 2012-yilda aldov yo‘li bilan o‘z hamyurti ishonchiga kirib olib, unga katta maoshli ish taklif qiladi. Ish joyiga kelgach, ayblanuvchi jabrlanuvchidan zo‘ravonlik bilan pasportini tortib oladi, so‘ng uni Ozarboyjon fuqarolariga sotib yuboradi.
Ayblanuvchi Rossiyaning Orenburg viloyatidan O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilish uchun jo‘natildi.
Izoh (0)