Rossiya tergov qo‘mitasi vakili Vladimir Markin Moskvaning Vnukovo aeroportida 21-oktabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan aviahalokat ishi bo‘yicha aeroportning bir necha xodimi qo‘lga olinganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
“Qor tozalash ishlarini boshqargan Vnukovo aeroportining aerodrom xizmati yetakchi muhandisi Vladimir Ledenev, parvozlar rahbari Roman Dunayev, amaliyotchi-dispetcher Svetlana Krivsun hamda dispetcher Aleksandr Kruglov qo‘lga olindi”, − dedi Markin.
Avvalroq, Total prezidenti Kristof de Marjeri va uch ekipaj a’zosi o‘rin olgan yengil dvigatelli samolyot Vnukovo aeroportida qor tozalovchi mashina bilan to‘qnashib ketishi oqibatida samolyotdagi barcha kishilar halok bo‘lgani, hech qanday zarar ko‘rmagan qor tozalovchi mashina haydovchisi esa mast holatda bo‘lgani aniqlangani hamda u ikki sutkaga hibsga olingani xabar berilgan edi. Haydovchining advokati esa gumondor surunkali yurak xastaligi bilan og‘rigani tufayli umuman spirtli ichimliklar iste’mol qilmasligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)