13—26-oktabr kunlari Yevropada o‘tkazilayotgan keng ko‘lamdagi harbiy mashg‘ulotlar doirasida NATO yadro qurolini elta oladigan B-52 bombardimonchi samolyotlarni ishga soladi. Bu haqda The Washington Times nashriga tayanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bir qancha bombardimonchi samolyot uzoq masofali ikkita parvozni amalga oshirishi AQSh strategik qo‘mondonligi tomonidan ma’lum qilingan.
Ayni damda O‘rtayer dengizida 20 dan ziyod harbiy kema, bir necha suvosti qayig‘i va harbiy samolyot ishtirokida Noble Justification (“Oliyjanob sabab”) nomli harbiy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Yuqorida qayd etilgan bombardimonchilar ham mana shu mashg‘ulotlar doirasida oddiy turdagi qurollardan foydalanib, soxta zarbalarni amalga oshiradi.
Pentagonning sobiq strategi Mark Shnayderning aytishicha, bombardimonchilardan foydalanish to‘g‘ri yo‘nalish sari tashlangan qadamdir. “Rossiyaliklar xilma-xil turdagi yadro qurollari bilan ochiqdan-ochiq tahdid qilmoqda. Bunday holatda kuchaytirilgan choralar bilan qo‘rqitish signalini berish zarur”, — dedi Shnayder.
Izoh (0)