2014-yil 21-oktabr kuni soat 4:04 da Toshkent shahar Olmazor tumani Bayroqtol ko‘chasidagi 15-uyda joylashgan MTEGRA MChJga qarashli binoda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Yong‘in o‘z vaqtida yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar tomonidan tezda o‘chirildi. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Xabarda qayd etilishicha, baxtsiz hodisaga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.
Yong‘in natijasida mazkur binoda ijarada faoliyat ko‘rsatayotgan ASKLEPIY, GESTIYA BUSINESS, AMIK PHARM, NEVILLE SERVIS, PHARM ABIDI INT va NIKA PHARM korxonalari binolari va ichida dori-darmon mahsulotlari bo‘lgan jami 5000 metr² maydon zarar ko‘rgan.
Ayni paytda yong‘in oqibatida yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yong‘in haqida xabar bergan edi.
Izoh (0)