2014-yil yanvar—sentabr oylarida ishlab chiqarilgan YaIM hajmining o‘sishi 2013-yilning shu davriga nisbatan 8,1 foizni tashkil qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
2014-yil to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur‘atlari quyidagilarni tashkil qildi: sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi – 8,4 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsuloti – 6,8 foiz, asosiy kapitalga investitsiyalar – 10,7 foiz (AQSh dollari ekvivalentida – 12,3 foiz), qurilish ishlari – 18,9 foiz, chakana tovar aylanmasi – 14,2 foiz, bozor xizmatlari – 14,7 foiz.
Hisobot davrida mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 21,3 milliard AQSh dollarini tashkil etdi va 2013-yilning shu davriga nisbatan 0,6 foizga o‘sdi, shu jumladan eksport hajmi – 11,1 milliard AQSh dollarini (o‘sish 0,2 foiz), import hajmi esa 10,2 milliard AQSh dollarini (o‘sish 0,9 foiz) tashkil etdi. Tashqi savdo saldosi 916,8 million AQSh dollariga teng bo‘ldi.
Izoh (0)