Dunyodagi eng yirik restoranlar tarmog‘i egasi bo‘lgan Amerikaning McDonald’s korporatsiyasi ilk bora suratga olish guruhiga o‘z oziq-ovqat korxonalaridan biriga mahsulotlar nimadan tayyorlanishini ko‘rish maqsadida tashrif buyurishga ruxsat berdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
AQShning ABC telekanali jurnalistlari McDonald’s’ning Kaliforniya shtatidagi go‘shni qayta ishlash korxonalaridan biriga tashrif buyurib, buterbrodlar uchun kotletlar ishlab chiqarish jarayonini kuzatdi. Korporatsiyaning tan olishicha, go‘shti kotletlar uchun ishlatiladigan sigirlarga gormonlar beriladi. McDonald’s buning “yetilishni tezlashtirish uchun AQSh fermerlari tomonidan qo‘llaniladigan standart tadbir” ekanini ta’kidladi.
Kompaniya vakillarining aniqlik kiritishicha, ular jurnalistlarni “mijozlar McDonald’s mahsulotlari haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lishiga ishonch hosil qilish” maqsadida taklif etishga qaror qilgan.
AQShda 14 mingga yaqin McDonald’s restoranlari mavjud. Kompaniyani ko‘p marotaba sifatsiz masalliqlar, shuningdek sog‘liq uchun zararli oziq-ovqat qo‘shimchalaridan foydalanganlikda ayblashgan.
Izoh (0)