Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiyaning Sobiq Ittifoqni qayta tiklash niyati yo‘qligini ta’kidladi, deya xabar bermoqda “TASS”.
CNBC telekanaliga bergan intervyusida u ba’zi davlatlar bu mifdan elitalarni birlashtirish usuli sifatida foydalanishini istisno qilmadi. “Menimcha, ba’zi davlatlar uchun bu shunchaki elitalarni birlashtirish usulidir”, — dedi Medvedev.
Bosh vazir “yo‘qolib bo‘lgan narsani qayta tiklab bo‘lmasligi, bu kundek ravshan ekanligi”ni ta’kidladi.
“Dunyo o‘zgardi, Sovet Ittifoqi ortiq mavjud emas. Hech kim ortga qaytishni istamaydi, o‘tmishga qaytib bo‘lmaydi”, — dedi u.
Izoh (0)