Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy NATOning Ukrainadagi mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilish imkonsizligi borasidagi pozitsiyasi xato ekanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
“NATOning asosiy davlatlari boshidanoq ushbu mojaroning harbiy yechimi yo‘qligini aytgani xato edi. Chunki bu harbiy yechimdan foydalangan ikkinchi tarafning g‘alaba qozonishini anglatadi”, − dedi Sikorskiy.
Eslatib o‘tamiz, NATO Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun Kiyevga harbiy yordam berishni rad qilgan edi.
Izoh (0)