AQShda Ebola virusi bilan kasallangan hamshiraning ismi ma’lum bo‘ldi: marhum Tomas Dunkanga qarab turgan Nina Fam AQSh hududida ushbu virus yuqqan ilk odamga aylandi, deb xabar bermoqda Euronews.
Amerikalik ekspertlar hamshira xavfsizlik qoidalarini buzgani tufayli virus bilan zararlanganligini ta’kidlamoqda. Hamkasblari uni himoya qilib chiqqan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, o‘z sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishini bila turib bemorga yordam berishga shoshilgan hamshirani ayblash to‘g‘ri emas.
AQSh va Ispaniyadan keyin butun Yevropada Ebola bilan bog‘liq tahlika boshlanmoqda. Bryussseldagi Avliyo Pyotr shifoxonasiga o‘xshash bezgak alomatlari bilan uchinchi kishi murojaat qilgan (avvalgi ikkitasining tashxisi tasdiqlanmagan).
Londondagi “Xitrou” aeroportida maxsus tekshiruv joriy qilingan. Shuningdek, “Gatvik” aeroporti va Buyuk Britaniyani qit’aga bog‘laydigan “Yevrostar” poyezdlari stansiyasida ham tekshiruvlar yo‘lga qo‘yilgan.
Izoh (0)