Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma’lum qilishicha, Rossiya Yevropaga nisbatan savdo hajmini kamaytirish haqida qaror qabul qilsa, Eron Yevroittifoqqa yetkazib berayotgan uglevodorod (gaz, neft) miqdorini oshira olmaydi. Bu haqda “Rossiya 24” telekanaliga asoslanib, Gazeta.ru xabar bermoqda.
Hasan Ruhoniy uglevodorod bilan ta’minlash hajmini oshirish imkoniyati yo‘qligini mamlakat hukumati, eng avvalo, ichki ehtiyojlarni qondirish haqida qayg‘urayotgani bilan izohladi. Bundan tashqari, Eron rahbarining aytishicha, ayni damda mahsulot yetkazib berish bo‘yicha qo‘shni mamlakatlar ham qiziqmoqda. Shu bois Rossiya Yevropani ta’minlashdan bosh tortsa, Eron Rossiyaning o‘rnini bosa olmaydi.
Shunga qaramay, Ruhoniy Eron Rossiya Federatsiyasi bilan barcha sohalarda hamkorlik o‘rnatishga tayyor ekanligini alohida ta’kidladi.
Avvalroq Hasan Ruhoniy Eronning Rossiyaga istalgan yordamni ko‘rsata olishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)