Hindiston sharqidagi Bixar shtatida bo‘lib o‘tgan diniy bayramda kamida 32 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Euronews.
Patna shahrida yuzlab kishilar hinduiylik bayrami — Ram tomonidan mag‘lub etilgan iblis ko‘rinishidagi qo‘g‘irchoqni yoqib yuborish marosimiga to‘plandi. Kishilar tadbir joyini tark etayotgan paytda ur-yiqit boshlandi.
Kamida 15 kishi kasalxonaga yetkazildi.
Izoh (0)