Yevropa ittifoqi Qrimda 14-sentabr kuni o‘tkazilgan “saylovlar”ni tan olmaydi. Bu haqda tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha YeI vakili saytiga joylashtirilgan rasmiy xabarda aytiladi, deb yozadi “Yevropeyskaya pravda” nashri.
“Yevropa ittifoqi Rossiya Federatsiyasining Qrim avtonom respublikasi va Sevastopol shahrining noqonuniy bosib olinishini qoralaydi va uni tan olmaydi”, — deyiladi xabarda.
“Qrim va Sevastopolda o‘tkazilgan mahalliy ‘saylovlar’ haqidagi xabarlarni inobatga olib eslatib o‘tamizki, Yevropa ittifoqi bu “saylovlar”ning na huquqiy bazasini, na qonuniyligini tan oladi”, — deya ta’kidlanadi idora xabarida.
Izoh (0)