Xalqaro birlashgan kurashlar federatsiyasi (FILA) endilikda United World Wrestling (Birlashgan dunyo kurashlari) nomi bilan yuritiladigan bo‘ldi. Kecha bo‘lib o‘tgan Kongressda shunday qarorga kelindi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Shuningdek, Kongressda tashkilotning amaldagi prezidenti serbiyalik Nenad Lalovich o‘z lavozimiga qayta saylandi. Yaqin olti yil davomida yangi nomga ega bo‘lgan tashkilotni Lalovich boshqaradi.
Eslatib o‘tamiz, Nenad 2013-yil o‘sha paytdagi FILA prezidenti shveysarsiyalik Rafael Martinettining o‘rnini egallagan edi. Martinetti esa FILAni 2002-yildan boshlab boshqargan.
Izoh (0)