Bugun FILA Byurosidagi yettita o‘rin uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur yetti o‘ringa 20 nafar nomzod da’vogarlik qildi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Saylovda Kongressning 124 delegati ishtirok etdi. Eng ko‘p ovozni Mixail Mamiashvili oldi — 87 ta. Olimpiada chempioni hisoblangan Mamiashvili hozirda Rossiya sport kurashlari federatsiyasining prezidentidir. U FILA Byurosidagi vitse-prezidentlik statusini saqlab qoldi.
Italiyalik Marina De Bussolo Pellikone avtomatik tarzda Byuro a’zoligiga kiritildi. O‘zbekistonlik Axrol Ro‘ziyev Mamiashvilidan bor-yo‘g‘i bitta kam ovoz olib, u ham vitse-prezidentlik lavozimiga qayta saylandi. Bolgariyalik Seno Senov ham 86 ta ovoz to‘pladi.
Ikkinchi turda esa Pedro Gama Filyo (Braziliya), Karl-Martin Ditman (Germaniya) hamda Xideaki Tomiyama (Yaponiya) g‘olib chiqdi va FILA Byurosiga saylandi. Vengriyalik Chaba Xegedyush esa FILA Byurosidagi o‘rnini bo‘shatib qo‘ydi.
Izoh (0)