Argentina futbol uyushmasi prezidenti Luis Segura mamlakat bosh jamoasining oktabr oyida Osiyo davlatlari bo‘ylab uyushtiradigan safarida “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messining ishtirokiga umid qilmoqda, deb xabar berdi Uff.uz.
Messi "Vilyarreal"ga qarshi kechgan Ispaniya chempionatining 2-turida jarohat olgan edi. Shu bois u Germaniyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi.
Bundan avvalroq, Messining salomatligi ancha yaxshilangani haqida xabar bergan edik.
“Messini oktabrdagi o‘yinlarga chaqirsak kerak. Umid qilamanki, u keladi”, — dedi Segura.
Eslatib o‘tamiz, Argentina Pekinda 11-oktabr kuni Braziliyaga va 15-oktabr kuni Gonkongga qarshi o‘ynaydi.
Izoh (0)