Kimdir tanga to‘playdi, kimdir esa pochta markalarini yig‘adi. Yana shunday odamlar borki, ular hali taqdim etilmagan iPhone uchun navbatda turishadi. The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashrining xabar berishicha, Apple kompaniyasining Nyu-Yorkdagi do‘koni oldida hali taqdim etilmagan iPhone 6 smartfoni uchun navbatda turish boshlandi.
Apple 9-sentabr kuni tadbir tashkil etgan. Taxminlarga ko‘ra, iPhone 6 shu tadbirda taqdim etiladi. Boshqa mish-mishlar esa, yangi smartfon 19-sentabrdan sotila boshlanishini ta’kidlamoqda.
Hali taqdim etilmagan iPhone uchun navbatda turish odatga aylanib bormoqda. Ammo bunisi juda erta boshlandi. Balki, bu holat axmoqona ko‘rinar, biroq, navbatda turganlarning birinchi juftligi o‘z o‘rinlarini 1250 dollarga sotib ulgurgan. Shuningdek, besh yildan beri bunday navbatda turib 7000 dollar ishlab olganlar ham bor.
Izoh (0)