12-avgustdan 13-avgustga o‘tar kechasi samoda katta mushakbozlikni yodga soluvchi holat kuzatiladi. Bu vaqtda Yer Perseidlar — Svift-Tuttl kometasi (dumli yulduzi) orbitasiga o‘xshash orbitada harakatlanuvchi meteoritlar oqimi bilan to‘qnashadi, deb xabar bermoqda “ITAR-TASS”.
Rossiya Fanlar akademiyasi astronomiya instituti (RFAAI) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur oqimda soatiga 100 meteorit uchishi kutilmoqda. “Ular bir-birining ortidan bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha bo‘lgan farq bilan uchadi”, — dedi institut xodimlari.
Fazoning Persey yulduzlar turkumidagi meteoritlar “uchib chiqadigan” qismi Moskva vaqti bilan 22:00 (Toshkent vaqti bo‘yicha 23:00)da osmonning shimoli-sharqi — Oydan 30 gradus chaproqda joylashadi.
Ma’lumot uchun, perseidlar — qadimgi davrlardan buyon kuzatiladigan “meteorit yomg‘irlari” bo‘lib, bunda meteorit qismlari sekundiga 59 kilometr tezlikda Yer atmosferasiga kirib keladi.
Izoh (0)