Armaniston va Ozarboyjon prezidentlari 8—9-avgust kunlari Sochida Tog‘li Qorabog‘dagi nizolarni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi. Unda Rossiya vositachilik qiladi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Qorabog‘ atrofidagi vaziyat iyul oxirida keskinlashdi. Armaniston va Ozarboyjon bir-birini yarash sulhi shartlariga rioya qilmaslikda ayblayapti. Natijada ko‘p yo‘qotishlar bo‘ldi. Tog‘li Qorabog‘ mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 14 nafar ozarboyjon va 7 nafar arman harbiylari o‘ldirilgan.
90-yillar boshida asosan armanlar yashaydigan Qorabog‘ Ozarboyjon tarkibidan chiqishga qaror qilgach, mintaqada nizolar boshlangan. Qonli janglardan so‘ng anklav dunyoda tan olinmagan mustaqil respublikaga aylandi. 1994-yildan tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga o‘tgan edi.
Izoh (0)