Rossiya Butunjahon savdo tashkiloti (BST) orqali Yevroittifoq kiritgan sanksiyalarni bekor qilishga erishadi. Bu haqda Rossiyaning YeIdagi doimiy vakili Vladimor Chijov axborotiga tayanib, Segodnya.ua xabar berdi.
Uning fikricha, joriy etilgan sanksiyalar xalqaro qoidalarga to‘g‘ri kelmaydi. “Sanksiyalar 1-avgust kuni kiritildi. Ular yuridik tahlilni talab qiladi. Birinchi bor nazar tashlaganda, ular Butunjahon savdo tashkiloti normalariga ziddir”, — deydi Vladimir Chijov.
Shuningdek, vakil sanksiyalarga qaramay, “Janubiy oqim” (“Yujniy potok”) gaz quvuri loyihasi rejadagidek amalga oshirilayotgani, joriy etilgan sanksiyalar gaz sohasiga tegishli emasligini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha hafta davomidagi ikkilanishlardan so‘ng, Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishga qaror qildi. Rossiyaning Sharqiy Ukrainadagi harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan mazkur cheklov choralari 1-avgustdan amal qila boshlagan.
Izoh (0)