Qozog‘istonlik voleybolchi qiz Sabina Oltinbekova voleybol bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lganlar Osiyo chempionatida ishtirok etganidan so‘ng internetda haqiqiy shov-shuvni keltirib chiqardi. Qizning tashqi qiyofasi muxlislar e’tiborini tortdi va u musobaqadagi eng chiroyli voleybolchi qiz mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ayni paytda Sabina Instagram’da 250 mingdan oshiq, Twitter’da 30 mingdan ziyod va Facebook’da 200 mingdan ortiq muxlislarga ega.
Bir necha kun ichida YouTube’da Sabina sharafiga yuzlab videolar yaratildi. Jumladan, “Osiyoning go‘zal ayoli” deb nomlangan video million martadan ko‘proq tomosha qilindi.
OAV esa 17 yoshli bu voleybolchi qiz sport uchun haddan ziyod chiroyliligi haqida bahslasha boshladi.
Qizning murabbiyi Nurlan Sodiqovning aytishicha, mashhurlik Sabinaning sportga muvaffaqiyatga erishishiga xalal beradi. “Osiyo chempionatida tomoshabinlar xuddi maydonda boshqa sportchilar yo‘qdek, faqat Oltinbekovani qo‘llab-quvvatlab turdi”, — dedi u.
Twitter foydalanuvchilari yosh sportchi qizga sevgi izhor qilish uchun #LoveSabinaltynbekova heshtegidan foydalana boshladi. Ularning ba’zilari qizga turmushga chiqish taklifini ham bildirgan.
Izoh (0)