Ko‘p sonli donetskliklar ukrain qo‘shini ayirmachilarning qo‘rg‘onlariga hujum uyushtirishidan xavfsirab, shaharni tark etmoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Armiya shaharni qurshab olmoqda, biroq hukumat, shu jumladan prezident Poroshenko Donetsk va Luganskda “ko‘cha janglari” o‘tkazilmasligini, bu tinch aholi o‘rtasida qurbonlar bo‘lishiga olib kelishini aytmoqda.
Shunday bo‘lsa-da, bunday va’dalarga ishonmasdan 900 ming donetskliklarning 70 mingdan ortig‘i shaharni tark etib bo‘lgan.
Izoh (0)