3-iyul, payshanba kuni Portugaliya politsiyasi mamlakat shimolidagi bir nechta supermarketda tintuv ishlari o‘tkazdi. Tintuv natijasida 198 qutidagi Kolumbiya bananlari ichida jami 237 kilogrammga teng kokain topildi. Bu haqda Reuters nashriga asoslanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.
Tartibni saqlash agentligi ma’lumot berishicha, mevalar Kolumbiyadan Ispaniyaga olib borilishi kerak bo‘lgan.
Qutilardan topilgan giyohvand modda Portugaliyaning shimoliy qismidagi savdo nuqtalaridan musodara qilindi.
Izoh (0)