6-iyun kuni deyarli har kim o‘ynab ko‘rgan “Tetris” o‘yini ixtiro qilinganiga 30 yil to‘ldi. Shu bois o‘yinning muxlislaridan biri bo‘lgan Mark Kreger “Tetris” o‘yinini o‘ynash mumkin bo‘lgan futbolka yaratdi, deb xabar berdi Mashable nashri.
Bunday futbolkani yaratish uchun 128 ta diod, Adruino Uno mikrokontrolleri, 3D-printer yordamida hosil qilingan tugmalar va ikkita Adafruit Matrix kontrolleridan foydalanilgan. Futbolkada “Tetris” o‘ynash uchun to‘rtta AA batareyasi zarur bo‘ladi.
Izoh (0)