Yoqutistondagi Isisax Tuymaadi milliy bayrami vaqtida Ginnesning rekordlar kitobi uchun ommaviy qimiz ichish bo‘yicha rekord o‘rnatildi, deya xabar berdi “Kun” Yakutsk shahri ma’muriyati rasmiy saytining ma’lumotiga tayanib.
Ginnesning rekordlar kitobi vakilining qayd etishicha, qimiz ichish marosimida 11 ming 136 kishi ishtirok etgan.
“11 ming 136 kishi — bu shunchaki fantastik raqam. Ushbu rekord o‘rnatilishi uchun 500 kishi ham yetarli bo‘lardi”, – deya qayd etdi Yakutsk ma’muriyati vakili.
Bungacha Yoqutistonda Ginnesning rekordlar kitobi uchun ikkita rekord o‘rnatilgan: 2011-yili milliy vargan musiqa asbobida ommaviy ravishda, bir vaqtda musiqa ijro etish bo‘yicha, 2012-yili esa “jahondagi eng katta osuoxay (milliy qo‘shiqlar ijro etiladigan maxsus ommaviy marosim)” rekordlari o‘rnatilgan.
Izoh (0)