Toshkentning Chilonzor tumanida, Farhod va Qatortol ko‘chalari (“Shuhrat” nomi bilan tanilgan) chorrahasi oldida joylashgan Evos fast-fud yemakxonasida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilari xabar qoldirgan, deb yozadi “Kun”.
Hodisa guvohlarining qayd etishicha, yemakxonada maishiy gazning portlashi natijasida yong‘in yuz bergan. Baxtsiz hodisa taxminan soat 20:30— 21:00 lar atrofida sodir bo‘lgan.
Xabar berishlaricha, hodisa joyiga zudlik bilan tezkor xizmatlar yetib kelgan, YHXB xodimlari tomonidan yo‘l berkitilgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)