Rim papasi Fransisk oziq-ovqat narxini sun’iy ravishda oshirayotgan treyderlar faoliyatini tanqid ostiga oldi, deya xabar berdi “Kun” Business Week ma’lumotiga tayanib.
“Oziq-ovqat mahsulotlari narxini sun’iy ravishda oshirish (spekulyatsiya) insoniyat oilasining qashshoq vakillari uchun ularni sotib olish imkoniyatlarini jiddiy kamaytirib, mojaroga sabab bo‘ladi”, – dedi Fransisk dushanba kuni.
Uning qo‘shimcha qilishicha, moliya dunyosida etikaning qayta tiklanishi zamonaviy jamiyat uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hal qiluvchi vaziyatdir.
Pontifikning ushbu bayonoti 2014-yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat narxlari jahon bo‘ylab keskin qimmatlashganidan so‘ng aytilmoqda – bungacha narxlar 17 oydan beri faqat tushayotgan edi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, jahon bo‘ylab oziq-ovqat narxlari fevral oyida 2,6 foizga, mart oyida esa 2,5 foizga qimmatlashgan.
Izoh (0)