Beeline aloqa operatori 12-iyundan 13-iyulga qadar futbol bo‘yicha jahon Kubogi doirasida avvaldan to‘lov hisob sistemasi abonentlari uchun eng ommabop sport saytlaridan bepul foydalanishni ochdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“Jahon chempionatini namoyish qilish bo‘yicha bosh homiy bo‘lib, Beeline ishqibozlar uchun ajoyib sovg‘a qildi, — deb ta’kidladi kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati direktori Oraz Abdurazakov. — Bugun tarmoqdan chiqmasdan musobaqalarni kuzatishni istagan millionlab internet-foydalanuvchilarimizni xursand qilmoqchimiz”.
Beeline abonentlari Sports.ru, Live Result va Sports.uz saytlaridan bepul foydalanishlari mumkin.
Nolli tarifikatsiya faqat yuqorida qayd etilgan saytlarda ko‘rsatilib, o‘zga resurslarda joylashtirilgan boshqa media obyektlar uchun (ijtimoiy tarmoqlar vidjeti, videofayllar) amal qilmaydi.
Izoh (0)