Rossiya 1-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi raisligini qabul qildi. U estafeta tayoqchasini kengash ishini may oyida boshqargan Janubiy Koreyadan olib, keyingi oyda Ruandaga topshiradi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkinning aytishicha, katta e’tibor Yaqin Sharqqa qaratiladi, Yaman, Liviyadagi vaziyat, Suriyani kimyoviy qurolsizlantirish, ushbu mamlakatdagi gumanitar holat masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, oy davomida Afg‘oniston, ba’zi Afrika davlatlari, Sudan va Janubiy Sudan munosabatlari bo‘yicha majlislar o‘tkaziladi.
Hozircha Ukraina bo‘yicha alohida uchrashuvlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa-da, RF doimiy vakili bu “ehtimoldan xoli emas”, — dedi.
Izoh (0)