Facebook asoschisi Mark Sukerberg va rafiqasi Prissila San-Fransisko ko‘rfazi yaqinida joylashgan maktablardagi ta’lim darajasini oshirishga 120 million dollar sarflaydi. Bu haqda Sukerberg o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Mablag‘lar maktab xonalarini jihozlash, a’lochi o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va boshqalarga yo‘naltiriladi.
Sukerberg bundan ko‘zlangan maqsad “Kremniy vodiysi”ning bir qismi bo‘lgan ushbu hududdagi o‘quv muassasalarida ta’lim bilan bog‘liq vaziyatni o‘zgartirishdan iboratligini ta’kidladi. Uning fikricha, yaxshi tayyorgarlik ko‘rmayotgani tufayli maktab o‘quvchilari universitetlarga kirish va u yerda o‘qishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Izoh (0)