Click kompaniyasi Mediabay.uz onlayn-manbasining o‘z xizmatiga ulanganini xabar qildi, deb yozadi Anons.uz.
Endi Click foydalanuvchilari ushbu manbada pulli telekanallarni ko‘rish, shuningdek, film yoki kliplarni tomosha qilish uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Mediabay.uz saytida qator telekanallarni ko‘rish mumkin. Manba Tas-IX’da bo‘lgani tufayli, provayderlari Tas-IX’da bepul tarifikatsiya taqdim etadigan foydalanuvchilar bepul kanallarni ko‘rishdan bahramand bo‘lishlari mumkin. Pulli kanallarga esa endidan boshlab 30 kun uchun 4 dollar miqdoridagi to‘lovni Click tizimi orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)