“O‘ztadbirkoreksport” ixtisoslashgan tashqi savdo kompaniyasi Latviya poytaxti Riga shahrida savdo uyi ochdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Riga shahrida ochilgan savdo uyi o‘zbekistonlik fermer va tadbirkorlarga o‘z mahsulotini Boltiqbo‘yi va Yevropa davlatlariga eksport qilishda ko‘maklashadi. Hozirgacha bu yerga yengil sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, quritilgan meva yetkazib berildi. Ayni vaqtda joriy mavsumda yetishtirilgan mevani eksport qilishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu savdo uyi orqali yil oxiriga qadar 1 million dollar miqdorida eksportni amalga oshirish mo‘ljallanmoqda.
Shu maqsadda “O‘ztadbirkoreksport” ixtisoslashgan tashqi savdo kompaniyasi eksport bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va eksport qilinadigan mahsulotlar turlarini ko‘paytirish maqsadida kichik biznes subyektlari bilan hamkorlikda tijorat takliflari tayyorlamoqda.
Izoh (0)