Olingan xabarlarga ko‘ra, 2014-yilning 23-aprel kuni taxminan soat 18 dan 10 daqiqa o‘tganda Toshkent shahar, Shayxantohur ko‘chasi, 89-uyda joylashgan “Labzak” biznes markazi binosining 1-qavatida tabiiy gazdan noto‘g‘ri foydalanish natijasida alangalanish yuz berib, oqibatda maishiy gazning fizik chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirgi paytda hodisa oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Jabrlangan va jarohat olganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)