Prezident Donald Tramp siyosati tufayli yuzaga kelgan noaniqlik fonida AQSh pul bozori fondi aktivlari 7 trillion dollardan oshdi, deb yozadi Financial Times Investment Company Institute (ICI) maʼlumotlariga tayanib.
O‘tgan haftada mablag‘lar oqimi 51 milliard dollardan ortiqni tashkil etdi.

FT ta’kidlashicha, pul bozori fondlari “xavfsiz boshpana” vazifasini o‘tamoqda, chunki investorlar savdo tariflari aniqroq ko‘rinishga kelishini kutmoqda.
Tariflarning joriy etilishi va muzlatilishi haqidagi tez o‘zgaruvchan xabarlar fonida, “Uoll-strit qo‘rquvi indeksi” deb ataladigan VIX o‘zgaruvchanlik indeksi dekabr oyi o‘rtalaridan beri eng yuqori ko‘rsatkichga (25) yaqinlashdi. Bir ko‘rsatkich bir oy oldin16 dan yuqorini tashkil qilgandi.
“So‘nggi paytlarda kuchli kapital oqimi moliyaviy bozorlardagi o‘zgaruvchanlikning o‘sishiga javob bo‘lishi mumkin”, dedi ICI bosh iqtisodchisi Shelley Antonevich.
“Qisqa muddatli foiz stavkalari nisbatan yuqori bo‘lib, pul bozori fondlarini ham institutsional, ham chakana investorlar uchun jozibador qiladi” deya qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)