• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda farzandini noqonuniy diniy ta’limga jalb qilganlar jarimaga tortiladigan bo‘ldi

    O‘zbekistonda farzandini noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

     

    20-fevral kuni imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

    “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z bolasini shaxsiy e’tiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy jihatdan tarbiyalash huquqiga egaligi, ular tomonidan o‘z bolasini qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olishga jalb etishga, ya’ni bolani ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki litsenziyaga ega bo‘lmagan tashkilotlarga yoxud maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan va diniy tashkilotlarning O‘zbekiston bo‘yicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy ta’limni amalga oshirayotgan shaxslarga diniy ta’lim olish uchun topshirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi.

    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan o‘z bolasini qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olishga jalb etish BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

    Shuningdek, mazkur huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilandi.

    Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi. Ushbu qonun loyihasi 2024-yil 25-iyun kuni deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingandi. Oliy Majlis Senatining 16-avgustdagi yalpi majlisida qonun ma’qullandi.

    Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev buni ayrimlar qonunni noto‘g‘ri talqin qilayotgani sabab bola huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga oid qonun bo‘yicha izoh bergandi.

    “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, bolaning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim olishini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishiga sharoit yaratish ota-onalar majburiyati hisoblanadi. Biroq Odiljon Tojiyev hozirgi kunda bolalarning noqonuniy diniy saboq olishiga, davlatning majburiy ta’lim tizimi ta’siridan chetda qolishiga hamda ularda biryoqlama dunyoqarash va mutaassiblik kayfiyati shakllanishiga ota-onalarning o‘zi sababchi bo‘lib qolayotganini aytgandi.

    Xususan, noqonuniy diniy ta’lim berish asosan ota-onalar tashabbusi bilan “hujra” sharoitida tashkil etilmoqda. Oxirgi 5 yilda “hujra”da diniy ta’lim olgan 9 705 nafar bola aniqlangan. Aksariyat hollarda ota-onalar o‘z bolalarini diniy ta’lim berish huquqi bo‘lmagan tashkilot yoki shaxs ixtiyoriga bir necha oyga qarovsiz tashlab ketishi kuzatilmoqda. Bu orada bola to‘laqonli shaxs sifatida rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan muhitdan uzilib qolmoqda.

    Yuqoridagi xatti-harakat yuridik tilda “bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilish”deb bayon qilingan. Qisqa qilib aytganda, ota-ona bolasini ‘hujra’ga topshirsa, javobgar bo‘ladi. “Hujra”lar faoliyati esa ko‘p yillardan beri qonun bilan qat’iy taqiqlangan, degan edi Odiljon Tojiyev.

    Shuningdek, bu narsa ota-onaning o‘z farzandiga diniy saboq, ta’lim-tarbiya berishiga umuman aloqasi yo‘qligini, chunki bu har qanday ota-onaning o‘z farzandini shaxsan o‘zi tarbiya qilish bo‘yicha daxlsiz huquqi hisoblanishini qayd etib o‘tgandi.

    21 fevral, 12:27   Izoh (0)   3062
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #noqonuniy diniy ta’lim

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxs aniqlandi

    08.01.2023, 09:11

    Buxoroda noqonuniy diniy ta’lim berayotgan o‘quv markazi aniqlandi

    04.02.2023, 20:17

    Farg‘onada qizlarga noqonuniy diniy bilim bergan ayol ushlandi

    23.02.2023, 08:38

    Toshkentda noqonuniy diniy taʼlim berganlarga chora ko‘rildi

    27.02.2023, 20:31

    Farg‘onada 9 nafar ayolga noqonuniy diniy taʼlim berib kelayotgan ayol jarimaga tortildi

    20.04.2023, 19:00

    Buxoroda ekstremistik oqim g‘oyalari targ‘ibotchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    13.05.2023, 17:00

    O‘zbekistonda bolani noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi mumkin

    25.06.2024, 14:03

    “Ota-onaning o‘z farzandiga shaxsan o‘zi diniy ta’lim berish huquqi daxlsiz” — Odiljon Tojiyev

    26.06.2024, 14:52

    O‘zbekistonda bolani noqonuniy diniy ta’limga jalb qilganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qonun ma’qullandi

    16.08.2024, 14:41

    Toshkentda noqonuniy diniy jamoat ortidan bojxona idoralari xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    13 fevral, 10:00
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.