Xonanda Shakira va “Barselona”ning sobiq futbolchisi Jerar Pikening farzandlari — 12 yoshli Milan va 10 yoshli Sasha “The One” deb nomlangan o‘zlarining birinchi qo‘shig‘ini taqdim etishdi deb xabar bermoqda “Zakon.kz”.

Mazkur trek yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash fondi tomonidan chiqarilgan albomga kiritilgan. Unda Sasha qo‘shiq ijrochisi sifatida qatnashgan, Milan esa baraban chalgan.
Ma’lumot uchun, Shakira 1977-yil 2-fevralda Kolumbiyada tug‘ilgan lotin amerikalik eng mashhur qo‘shiqchilar va musiqachilardan biridir. Uning musiqiy faoliyati pop, rok, latino va arab uslublarini o‘zida uyg‘unlashtirgan.
Shakira va Jerar Pike 2010-yilda mashhur “Waka Waka (This Time for Africa)” qo‘shig‘ining klipi suratga olinayotganida tanishishgan. Sobiq sevishganlar bir kunda, 10 yil farq bilan tug‘ilgan. 2011-yilda ular munosabatlarini ommaga e’lon qilishgan. Oradan ikki yil o‘tib, juftlikning to‘ng‘ich farzandi Milan tug‘ilgan, yana ikki yildan so‘ng esa ikkinchi o‘g‘il Sasha dunyoga kelgan. Uzoq muddatli munosabatlarga qaramay, ular rasmiy nikohda bo‘lmagan.

2022-yil iyun oyida Shakira farzandlari otasining xiyonati tufayli uni tark etgan. Ajralishdan so‘ng ular o‘g‘illari ustidan vasiylik masalasida kelishuvga erishishgan va bolalar onasi bilan qolgan.
Izoh (0)