• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xabar beruvchi shaxs qo‘rqadi” — Akmal Burxonov korrupsiya haqida xabar berganlarni himoya qiluvchi qonun loyihasi haqida

    “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni moddiy, hattoki jismoniy himoya qilishga alohida urg‘u berilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Akmal Burxonov
    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2020-yilning oxirida korrupsiya haqida xabar berganlarni rag‘batlantirish tizimi yaratilgan edi. Lekin statistikani ko‘radigan bo‘lsak, masalan, o‘tgan 2023-yilda 4,5 mingga yaqin korrupsion jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, shundan 100-130 tasi fuqarolarning yuborgan xabari orqali aniqlangan. Qolgan qismini esa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari aniqlagan va bir qismi OAVda e’lon qilingan materiallar asosida fosh etilgan. Ya’ni kam. Nima uchun? Chunki xabar beruvchi fuqaro qo‘rqadi yoki o‘ziga nimadir bo‘ladi, bosim qiladi, ishdan oladi, deb o‘ylaydi.

    Shularning oldini olish maqsadida prezidentimiz korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. “Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga ham qo‘ydik, — dedi Akmal Burxonov.

    Uning alohida ta’kidlashicha, mazkur qonunda himoya qilish mexanizmlari, ya’ni ishdan ketkazmaslik, moddiy, hattoki jismoniy himoya qilish choralari ko‘rilmoqda.

    Xabar beruvchiga quyidagilar kafolatlanmoqda:

    • xabar beruvchining hayoti, sog‘lig‘i, shaxsiy va ishchanlik obro‘si hamda mol-mulkining himoya qilinishi;
    • xabar beruvchining shaxsiga oid ma’lumotlar yoki boshqa sir tutilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlarning uchinchi shaxslarga oshkor qilinmasligi;
    • zarur huquqiy yordam bilan ta’minlanishi;
    • xabar beruvchidan qasd olishga qaratilgan harakatlar, shu jumladan, uni noqonuniy ta’qib qilish va jazolashga yo‘l qo‘ymaslik;
    • xabar bergani tufayli ishdan bo‘shatish, lavozimini pasaytirish, kamsitish, bosim o‘tkazish va boshqa shakllarda ta’qib qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash.

    Shuningdek, xabar beruvchi yaqin qarindoshlariga nisbatan himoya choralarini qo‘llashni talab qilish, davlat organlarining qarorlari, mansabdorlarning harakatlari (harakatsizligi), mehnat qonunchiligi buzilishi ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo‘ladi.

    Himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risidagi qaror antikorrupsiya agentligi, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, tergovga qadar tekshiruv organlari, surishtiruv organlari, dastlabki tergov organlari, prokuratura organlari va sud tomonidan qabul qilinadi.

    Ta’qib va zo‘ravonlik holatlari haqida xavfsirash uchun yetarli asoslar bo‘lganida xabar beruvchiga himoya choralarini ta’minlovchi davlat organlari tomonidan himoya orderi beriladi.

    Xabar beruvchilarning xavfsizligi IIV, DXX, Milliy gvardiya va ularning hududiy organlari tomonidan ta’minlanadi.

    Avvalroq Akmal Burxonov korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan davlat idoralaridagi komplayens-nazorat tuzilmalariga tajriba sifatida agentlik xodimlaridan tayinlashni nazarda tutuvchi hukumat qarori ishlab chiqilganini ma’lum qilgan edi.

    13.06.2024, 16:11   Izoh (0)   6890
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda korrupsiyani oldini olish choralarini ko‘rmagan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi kutilmoqda

    13.03.2024, 10:26

    O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yettita muammo sanab o‘tildi

    17.03.2024, 16:25

    Qadriyatga aylangan illat

    27.04.2024, 19:33

    O‘zbekistonda dollar kursi pastladi

    13.06.2024, 16:06

    Jomboyda noma’lum hayvon qo‘ylarni bo‘g‘izlab ketayotgani aytilmoqda. Holatga rasmiy izoh berildi (video)

    13.06.2024, 15:26

    Sirdaryoda 100 mln so‘m imtiyozli kredit ajratib berish evaziga 800 dollar so‘ragan shaxs ushlandi 

    13.06.2024, 15:10
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt shifokorlar e’tiborsiz qoldirgan ko‘krak saratoni holatlarining 30 foizini aniqladi

    Dunyo | 31 iyul, 22:05

    AQSH yaqin uch yarim yil ichida Oyga qo‘nishni rejalashtirmoqda — NASA

    Dunyo | 31 iyul, 21:41

    Urush tufayli Eron va Isroil xakerlarning yangi “sevimli nishoni”ga aylandi

    Dunyo | 31 iyul, 21:25

    Shvetsiya fuqarosi ISHID safida iordaniyalik uchuvchini o‘ldirgani uchun umrbod qamoqqa hukm qilindi

    Dunyo | 31 iyul, 21:10

    Hikmatilla Ubaydullayev Prezident administratsiyasiga qaytdi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 20:56

    Tramp Kanada Falastinni tan olsa, savdo bitimi tuzilmasligini bildirdi

    Dunyo | 31 iyul, 20:50

    Apple IT mutaxassislari qancha maosh olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 31 iyul, 20:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.