O‘zbekiston xalqaro “Pasport indeks” reytingida 80-o‘rinni egalladi. Bu Visa Index reytingida keltirilgan.

O‘zbekistonliklar faqat 62 ta davlatga vizasiz kira oladi. Qolgan 167 mamlakatga esa viza kerak bo‘ladi.
Bu borada Qozog‘iston 63-o‘rinda. Ushbu mamlakat fuqarolari 82 ta davlatga vizasiz bora oladi. Shuningdek, Qirg‘iziston 79-o‘rinni egallagan. Qirg‘izistonliklar 63 ta davlatga vizasiz borishi mumkin
Bundan tashqari, Tojikiston 84-o‘rin (58 ta davlat vizasiz), Turkmaniston 92-o‘rindan (48 ta davlat vizasiz) o‘rin olgan.
Maʼlumot uchun, ushbu reyting 199 davlatni o‘z ichiga olgan. Eng kuchli pasportga ega davlat – Singapur bo‘lsa, eng zaif pasport esa Afg‘onistonga tegishli.
“Pasport indeks” reytingi qanday hisoblanadi?
Pasport reytingi jahon pasportlariga nisbatan reytingi vizasiz kirishiga ruxsat beruvchi davlatlar va yetib kelishda vizani talab qiladigan davlatlar soni yoki Elektron sayohat ruxsatnomasini (eTA) qo‘shish yo‘li orqali hisoblanadi.
O‘zbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga vizasiz kirishi mumkin:
- Antigua va Barbuda
- Armaniston
- Barbados
- Belarus
- BAA
- Dominika
- Eron
- Falastin
- Filippin
- Gaiti
- Gambiya
- Gruziya
- Keniya
- Kot-d’Ivuar
- Malayziya
- Mikroneziya
- Mo‘g‘uliston
- Moldova
- Namibiya
- Ozarbayjon
- Qirg‘iziston
- Qozog‘iston
- Rossiya
- Sent-Vinsent va Grenadin orollari
- Seyshel orollari
- Shri-Lanka
- Surinam
- Tailand
- Tojikiston
- Turkiya
- Ukraina
- Ummon
2024-yilda O‘zbekiston fuqarolari uchun BAA, Tailand, Ummonda vizasiz bo‘lib turish huquqi berildi, Xitoyga 30 kungacha vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi bitim imzolandi. TIV mazkur xalqaro shartnoma tomonlar zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillarini bajarganidan so‘ng kuchga kirishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)