Farg‘ona viloyatida erkak tushi sabab uxlab yotgan xotinini o‘ldirdi. Bu haqda “Bu kun” dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea sodir bo‘lgan tunda er-xotin odatdagidek uyquga ketgan. Ular orasida kelishmovchilik yoki janjal bo‘lmagan. Tonggi soat 4:30 larda tushida ayolining xiyonatini ko‘rgan erkak uyg‘onib ketgan.
Bu vaqtda ayol uyquda bo‘lgan. Yostig‘i ostida pichoq olib uxlashga odatlangan erkak ayolini 13 marta pichoqlab o‘ldirgan. Harakatlari xato ekanini anglagan erkak tibbiy yordamga o‘zi murojaat qilgan.
Shifokorlar kelganda ayolning joni uzilgan bo‘lgan. Sudda aniq bo‘lishicha, sudlanuvchining bu kabi gumonlari o‘sha kuni paydo bo‘lmagan. Avvaldan ayoli bilan asossiz gumonlar sabab janjallashib kelgan.
Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Uch nafar farzand esa ham otasiz, ham onasiz qoldi.
Pichoqlash bilan yakunlangan oilaviy janjallar
Surxondaryo viloyatida erkak qaynukasi tomonidan, Samarqandda 70 yoshli erkak 60 yoshli qaynukasi tomonidan pichoqlangandi. Buxoroda er janjal sabab xotinini pichoqlagani, Jizzaxda er rashk sabab avval xotinini, keyin esa o‘zini pichoqlab o‘ldirgani, Vobkent tumanida mast fuqaro qaynukasini pichoqlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
- Chinozda 25 yoshli erkak xotini va qaynanasini qasddan o‘ldirdi
- Farg‘onada erkak bir guruh do‘stlari bilan sobiq kuyovini do‘pposladi
- Chinozda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi
- Samarqandda qaynona kelinini quvvatlagich simi bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi
- Andijonlik o‘qituvchi ayol pichoqlab o‘ldirildi. Gumonlanuvchi er qo‘lga olindi
Endi oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talabiga ko‘ra nikohdan ajrashayotganda muhlat tayinlanmaydi. Bundan tashqari, Uy-joy kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, turar joydan foydalanish haqidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan turar joy mulkdorining tashabbusiga ko‘ra turar joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni turar joy mulkdoriga tegishli mutanosib sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini to‘lash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkinligi belgilandi.
Izoh (0)