• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Kamola Arslonova o‘n yildan buyon Turkiyada yashaydi. Turk yigiti bilan oila qurgan sobiq aktrisa sentyabrda farzandlari bilan birga Toshkentga keldi. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova uni intervyuga taklif etib, tomoshabinlarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldi. Xususan, Kamola Arslonova ayni kunlarda nimalar bilan bandligi, san’atdan ketishining asosiy sabablari haqida ochiqchasiga gapirdi.

    — Ayni kunda ikki farzandimning tarbiyasi bilan bandman. Turmush o‘rtog‘im ishlashimga yoki ijod qilishimga ruxsat bergan taqdirida ham hozir bunga rozi bo‘lmagan bo‘lardim. Chunki bor e’tiborimni bolalarimga qaratganman. 

    Foto: “Daryo”

    San’at bolaligimdagi orzum bo‘lib, hamisha sahna sari intilish bo‘lgan. Amakim Hoshim Arslonov aktyor bo‘lsa-da, san’at oliygohi borligini bilmaganman. Onamning tavsiyasiga ko‘ra, tibbiyot institutiga hujjat topshirganman. Ammo fikr-u xayolim baribir san’atda bo‘lgan. Tavakkal qilishdan qo‘rqmaydigan inson bo‘lganim uchun ikkinchi kursda tibbiyot institutida o‘qishdan voz kechib, san’at oliygohiga hujjat topshirganman. Aytmoqchimanki, san’atni pul yoki obro‘ uchun emas, dildan xohlaganim uchun tanlaganman. Ammo ona bo‘lgandan keyin tavakkal qilolmas ekansiz. Ayniqsa, to‘rt yil farzandli bo‘lolmay, tushkunlikka tushgan damlarimni eslasam, ko‘zimga bolalarimdan boshqa hech narsa ko‘rinmaydi, — deydi Kamola Arslonova.

    Sobiq aktrisa ijodda ko‘p bor aldangani va so‘nggi zarbalardan so‘ng taqiqlarga ham uchragani haqida aytib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    — Shou-biznesda pul bilan aldash holatlari juda ko‘p bo‘ladi. Ammo ularga e’tibor berib, san’atdan ko‘nglim sovib qolmagan. Shukr qilamanki, birovdan qarzim yo‘q, men bilan ishlaganlarning hammasi xizmat haqlarini olishgan. Aktrisa edim, shu bilan birga qo‘shiq ham kuylardim. Shunday kunlar ham bo‘lganki, prodyuser bilan kelishuvni bekor qilganimdan keyin menga qandaydir taqiqlar qo‘yishgan. “Unga rol bermang, hamkorlik qilmang”, shunga o‘xshash gap-so‘zlar qulog‘imga chalingan. Ammo osongina taslim bo‘ladigan qiz emasdim. Taqiqlar bo‘lganida ham ikkita filmda asosiy rollardan birini ijro etganman, qo‘shiqlar yaratganman.

    Ijod o‘z yo‘liga, ammo ayol kishi uchun eng muhimi oila ekanligini bilganim uchun turmush o‘rtog‘imning oila qurish haqidagi qarorini rad etmaganman. Turk yigitiga turmushga chiqish xayolimga ham kelmagan, sayohatga kelgan paytda uchratib qolganman va yuragim jiz etgan. Ayrimlar o‘ylagandek, turmush o‘rtog‘imning yoshi katta emas. Tanishgan paytimizda boy-badavlat inson ham bo‘lmagan. Ba’zilar o‘ylagandek boylik yoki mansab uchun u inson bilan oila qurmaganman. Hatto yashaydigan uyimiz o‘ziniki yoki ota-onasiniki ekanligiga ham qiziqmaganman. Meni faqat u inson va oilaga bo‘lgan munosabati qiziqtirgan xolos. Hozirgi kunda faqat shukr qilaman, o‘zimga yaxshi yor, farzandlarimga mehribon ota tanlay olganman, — deydi Kamola Arslonova.

    Eslatib o‘tamiz, Kamola Arslonova Diyora taxallusi bilan ijod qilgan. U “Opa-singillar” serialidan tashqari, “Super qaynona” filmida Farrux Soipov bilan partnyor sifatida suratga tushgan. U bir nechta qo‘shiqlar ijro etib, klip ham suratga olgandi.

    Suhbatni quyida to‘liq tomosha qilishingiz mumkin:

    25.09.2023, 21:38   Izoh (0)   86136
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Opa-singillar” serialidagi Nasiba — Nargiza Sharmetova ijodidagi tanaffus sabablari hamda 4 yil deganda farzandli bo‘lgani haqida gapirdi (video) 

    01.09.2023, 13:41

    “Garri Potter”dagi Germiona — aktrisa Emma Uotson Oksfordga o‘qishga kirdi 

    25.09.2023, 19:52

    “Yaxshi xodimga yolchimadim”. Davron Kabulov kiyim do‘koni yopilgani hamda mehmonxona biznesini boshlagani haqida gapirdi (video)

    25.09.2023, 18:53

    “Million”ning Rossiyadagi konsertida ochiq kiyimda sahnaga chiqqan Nilufar Hamidova “O‘zbekkonsert” tomonidan ogohlantirildi 

    25.09.2023, 17:01

    Og‘ir darddan raqs yordamida xalos bo‘lgan, buvisining orzusini ro‘yobga chiqargan va taxallusi bilan tanilgan Dilnoza Safarova 36 yoshda (foto, video)

    25.09.2023, 10:56

    Instagram: Luiza Rasulova Istanbuldan uy oldi, Yulduz Usmonovaning mum haykali ochildi, Rayhonning “Humo arena”dagi konserti qoldirildi

    24.09.2023, 22:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.